JavaScript “data type” lar (ma’lumot turlari).
JavaScriptda har bir qiymat o’zining ma’lum turiga ega bo’ladi.
Misol uchun let message = “hello”; bu holatda message ning tipi string ya’ni matn turiga mansub.
Birinchi holatda “data type”larni ikki turga bo’lib olamiz.
1. Primitive.
2. Non-Primitive.
Primitive tiplar o’zida faqatgina yagona qiymatni saqlay oladigan tiplardir. Bu tiplarga 7 ta tiplar kiradi. Ular haqida pastroqda tanishamiz.
Non-Primitive tiplar esa o’zida bir qancha tiplardan tuzilgan ko’plab qiymatlarni saqlay oluvchi tiplardir. Bu turga 1 ta tip kiradi.
Primitive data types
Birinchi bo’lib Primitive tiplar haqida gaplashamiz.
Demak primitive tiplarga quyidagi 7 ta tip kiradi:
- Number
- String
- Boolean
- null
- undefined
- Symbol
- BigInt
bu tiplarning barchasi primitive, chunki bu tiplar faqatgina yagona qiymatni o’zida saqlay oladi. Ikkinchi qiymatni qo’sha olmaymiz. Keling endi misollarga o’tamiz.
let name = “Miracle”; // string
let age = 25; // number
let isAdult = true; // boolean
let myNull = null; // null
let MyUndefined = undefined; // undefined
let sym = Symbol(‘Miracle’); // symbol
let MybigInt = BigInt(100); // bigInt
Ko’rib turgan misolimizda barcha keltirilgan “Primitive type” larga namunalar berilgan va bu namunadan bilishimiz mumkinki, Primitive tiplarning barchasi faqatgina yagona qiymatni qabul qiladi. Bu juda oddiy, shunday emasmi ?!
Ma’lumot uchun aytib o’taman biror qiymatni tipini tekshirish uchun biz “typeof” buyruqidan foydalanamiz. Misol uchun:
typeof name; // string qaytaradi
typeof 25; // number
typeof null; // null o’zini tipiga mansub bo’lsada, JS bu holatda “object” qaytaradi.
Endi esa Non-Primitive lar haqida .
Non-Primitive types
Demak, biz endi gaplashadigan mavzuyimiz Non-primitive tiplar. Bunga tepada aytganimdek faqatgina birgina tip kiradi. Bu ham bo’lsa Object tipi. Nega ?
Chunki Object lar o’zida bir qancha qiymatni saqlay olish xususiyatiga ega va ular Reference type hisoblanadi. Bu haqida alohida maqola yozishim kerak.
Bunga misol :
let me = {name: “Miracle”, age : 25, isAdult: true}
yoki
let array = [“macbook”, true, 25, null, undefined]
va hokazo.
Ko’rib turganimizdek Object tipi misolida array va object keltirilgan. Bu holatda, ikkala o’zgaruvchi ham bir qancha qiymatlarni o’zida saqlab qoldi.
P.S: Array, Function, Object bular hammasining tipi aslida object hisoblanadi.
Ya’ni Array va Funtion, Objectni bolasi hisoblanadi.
Manba: javascript.info
@miracleprogrammer